Abonent spravochnigi

Sizga qulaylik yaratish maqsadida biz ushbu sahifada SIM SIM abonentlari orasida eng ko‘p uchraydigan savollarga javoblarni keltiramiz.

Pul mablag‘lari adashgan holda boshqa raqamga o‘tkazilganda nima qilish kerak?

  • Agarda naqd pul orqali Siz amalga oshirgan to‘lov narxi 100 rubldan oshmagan bo‘lsa hamda adashgan holda ko‘rsatilgan raqam haqiqatan mavjud bo‘lsa, shuningdek, qayd etilgan raqam SIM SIM ga tegishli bo‘lsa – pulni qaytarish uchun 7060 raqami bo‘yicha qo‘ng‘iroq qiling
  • Agarda naqd pul orqali Siz amalga oshirgan to‘lov narxi 100 rubldan oshgan bo‘lsa hamda adashgan holda ko‘rsatilgan raqam haqiqatan mavjud bo‘lsa, shuningdek, qayd etilgan raqam SIM SIM ga tegishli bo‘lsa – pulni qaytarish uchun SIM SIM ning Markaziy ofisiga murojaat qiling. Ariza topshirish uchun pasportingiz va to‘lov cheki zarur bo‘ladi.
  • Adashgan holda ko‘rsatilgan raqamdan faqatgina sarflanmagan pul miqdori o‘tkaziladi

CALL CENTR ga qo‘ng‘iroq kilgan holda quyidagilarga ishonch hosil qiling:

  • Adashgan holda amalga oshirilgan to‘lovdan 3 kundan oshmagan bo‘lishi kerak
  • Balans to‘ldirilgan vaqtni aniq bilasiz (to‘lov chekida ko‘rsatilgan)

Agarda adashgan holda ko‘rsatilgan raqam SIM SIM ga qarashli bo‘lmasa, to‘lov amalga oshirilgan to‘lov tizimiga murojaat qilish tavsiya etilsin. To‘lov tizimlarining xizmat ko‘rsatish raqamlari portalda keltirilgan.

Men balansni terminal orqali to‘ldirdim. Nima sababdan mablag‘ hisobimga tushmagan?

Raqamning to‘g‘ri ko‘rsatilganligini to‘lov cheki bo‘yicha tekshiring. Kerakli to‘lov terminalidan foydalanganligingizga ishonch hosil qiling.
Agarda raqam to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa hamda to‘lov vaqtidan 24 soatdan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa – to‘lov tizimining xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling (telefon raqami chekingizda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak) yoki 0760 raqami orqali xizmat ko‘rsatish markaziga qo‘ng‘iroq qiling. Aksariyat to‘lov tizimlari tomonidan to‘lovlarni hisobga o‘tkazish borasidagi eng uzoq vaqt bir kunni tashkil etadi.

To‘lov usullari:

  1. SIM SIM savdo ofislarida
  2. To‘lov terminallari: QIWI, Sberbank, MKB (Moskva Kredit Banki), Comepay, Rapida, EuroPlat, DeltaPay
  3. Bank kartasi orqali to‘lov: Sberbank Onlayn
  4. QIWI elektron hamyoni orqali to‘lov

Muhim: Хисобингизни тўлдириш учун СИМ СИМ операторини танланг.

Internetga ulanish.

Ulanish tayanch nuqtasini (tochka dostupa) hosil qilish kerak. Android OT asosida ishlovchi apparatlarda Menyu ->Nastroyki->Mobilnaya set bo‘yicha o‘tamiz. So‘ngra ma’lumotlarni uzatish xizmati (peredacha dannыx) yoqilganligiga amin bo‘lish kerak. Ulanish nuqtalari (Tochki dostupa) (APN) menyusiga kiramiz. Nomi ko‘rsatilgan joyda simsim deb yozamiz, tip (APN) degan joyda quyida keltirilgan uchta variantdan birini tanlab yozamiz:

  • dun, default, supl;
  • default, supl;
  • default, supl, internet.

So‘ngra hosil qilingan tayanch nuqtasini saqlaymiz va telefonni o‘chirib takroran yoqamiz

Nima uchun suhbatim yakunlari bo‘yicha hisobraqamimdan reklamada ko‘rsatilgan miqdordan ko‘proq pul yechib olingan?

Qo‘ng‘iroq narxlari bilan «Tariflar va opsiyalar» bo‘limida diqqat bilan tanishib chiqing. Ehtimol, reklamada aksiya o‘tkazish davomida amal qiluvchi xizmat narxlari yoki maxsus yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriluvchi narxlar ko‘rsatilgandir.

Moskva bo‘yicha arzonroq narxda qo‘ng‘iroq qilish uchun nimani ulash lozim?

Siz "SIM SIM START" opsiyasini ulashingiz mumkin. Juda arzon narx evaziga Sizga Moskva va Moskva viloyatidagi SIM SIM abonentlariga qo‘ng‘iroq qilish uchun bir kun davomida 50 daqiqa taqdim etiladi. Ulanish uchun *103*201# buyrug‘ini tering.

Ushbu taklif faqatgina Moskva va Moskva viloyatidan chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun amal qiladi.

Mazkur opsiyaga birinchi marta ulanish vaqtida to‘lov yechib olinmaydi.

Abonentlik to‘lovi kuniga bir marta yechib olinadi.

Batafsil ma’lumotlar «opsiyalar» bo‘limida keltirilgan.

Qaysi internet paketini tanlash kerak?

Bu telefoningiz orqali internetdan qay tarzda foydalanishingizga bog‘liq bo‘ladi.

  • Agarda telefondagi internet orqali faqatgina ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun kerak bo‘lsa, «Internet-mini» (cheklanmagan tezlikda 50 MB) opsiyasini tanlang. Ulanish uchun *103*102# buyrug‘ini tering
  • Agarda mobil internet elektron pochtani tekshirish, saytlar va ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun kerak bo‘lsa – «Internet va SMS» (cheklanmagan tezlikda 1,5 GB) opsiyasi afzaldir. Ulanish uchun *103*401# buyrug‘ini tering
  • Agarda Siz internetdan faol foydalansangiz, video roliklarni tomosha qilib, shaxsiy blog yuritib borsangiz, «Internet optimalnыy» (cheklanmagan tezlikda 5 GB) opsiyasidan foydalaning. Ulanish uchun *103*104# buyrug‘ini tering.

Ulanish naxlari va usullari borasida saytimizning tegishli «Tariflar va opsiyalar» bo‘limida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Savolingiz javobsiz qoldimi? Mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga qo‘ng‘iroq qiling: 8-800-770-7060 raqami (Rossiyaning barcha mintaqalaridan mobil va statsionar telefonlar orqali qo‘ng‘iroqlar bepul).